Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Qozog‘iston investorlar uchun yangi "Oltin" vizalarni joriy qildi

Qozog‘iston investorlar uchun yangi "Oltin" vizalarni joriy qildi

Qozog‘iston uzoq muddatli xorijiy investisiyalarni jalb qilishga qaratilgan yangi viza dasturini ishga tushirdi.

Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, departament tashabbusi bilan "oltin" investor vizasini olishning yangi qoidalari tasdiqlandi.

"Yangi qoidalarga ko‘ra, Qozog‘iston kompaniyalarining ustav kapitaliga yoki mahalliy qimmatli qog‘ozlarga kamida 300 ming AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritgan xorijiy fuqarolar investor vizasini olish uchun elektron ariza topshirishlari mumkin bo‘ladi", — deyiladi xabarda.

Ushbu "oltin" viza keyinchalik Qozog‘iston Respublikasida 10 yilgacha yashash uchun ruxsatnoma olish imkoniyatini beradi.

Qayd etish joizki, innovasiya Qozog‘istonning ochiqlik, kapital himoyasi va barqaror xalqaro iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan strategik e’tiborini aks ettiradi.

Hujjat rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun o‘tgach kuchga kiradi.

Kiritildi: 23:15 30.04.2025. O'qildi: 934 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!