Qozog‘iston hukumati Erondagi keskin vaziyat ortidan mamlakat fuqarolarini evakuasiya qilish choralarini ko‘rdi. Jami 109 nafar qozog‘istonlik, shu jumladan 20 nafar Ozarbayjon, 89 nafar Turkmaniston orqali tranzit yo‘li bilan vataniga qaytarildi. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
💬 «Tashqi ishlar vazirligi, tegishli davlat idoralari va xorijdagi diplomatik vakolatxonalarning muvofiqlashtirilgan harakatlari tufayli fuqarolarimiz xavfsiz evakuasiya qilindi», — deyiladi rasmiy bayonotda.
Evakuasiya jarayonida fuqarolarga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilgan va ularning Qozog‘istonga qaytishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgani ma’lum qilindi.