Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Qozog‘iston bosh muftiysi Saudiya Arabistoniga iltimos bilan chiqdi

A A A
Qozog‘iston bosh muftiysi Saudiya Arabistoniga iltimos bilan chiqdi

Qozog‘iston oliy muftiysi Nurizbay qoji Tag‘anuli Saudiya Arabistoni Haj va umra masalalari vaziri Tavfiq ibn Favzan al-Robiadan qozog‘istonlik ziyoratchilar uchun narx-navolarni pasaytirishni so‘radi. Bu haqda Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi matbuot xizmati xabar bergan.

Unga ko‘ra, muftiy boshchiligidagi delegasiya Saudiya Arabistoniga ishchi tashrif bilan kelgan. Tavfiq ibn Favzan al-Robia bilan uchrashuvda Nurizbay qaji Tag‘anuli joriy yildagi Haj va umra ziyorati tartibini muhokama qilgan.

“Bosh muftiyning 50/50 charter reyslarining qimmat narxining ziyoratchilar uchun pasaytirilishi to‘g‘risidagi iltimosiga javoban Tavfiq ibn Favzan al-Robia bu talab nafaqat Qozog‘iston, balki boshqa davlatlar uchun ham amal qilishini eslatib o‘tdi va uchinchi davlatlardan doimiy reyslarga ruxsat berilmasligini ma’lum qildi”, – deyiladi xabarda.

Kiritildi: 20:39 12.05.2022. O'qildi: 3324 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!