2023 yil 1 dekabrda aholi soni 20 014 575 kishini tashkil etdi. Ularning 12 million 431 ming 220 nafari shahar va 7 million 583 ming 355 nafari qishloq aholisidir, deb xabar beradi Kazinform agentligi QR Milliy statistika byurosiga tayanib.
2023 yil boshidan buyon aholi soni 247 768 kishiga ko‘paydi.
Ular orasida tabiiy o‘sish hisobiga aholi soni 239 ming 422 nafarga, migrasiya hisobiga 8 ming 346 nafarga ko‘paydi.
Aholining eng yuqori o‘sish sur’ati Astana va Almati shaharlarida, mos ravishda 5,11% va 2,82%, shuningdek, Mang‘istau viloyatida – 2,40% qayd etildi.