Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Qozog‘iston 2027 yildan Rossiyadan elektr energiyasi sotib olishdan voz kechmoqchi

Qozog‘iston 2027 yildan Rossiyadan elektr energiyasi sotib olishdan voz kechmoqchi

Bu haqda Qozog‘iston energetika vaziri o‘rinbosari Sungat Yesimxanov mamlakatda shaxsiy energetika quvvatlari rivojlanayotganiga ishora qilib ma’lum qildi.

"Agar shu yil yakuni va kelgusi yil boshida barcha rejalashtirilgan ob’ektlarimizni ishga tushirsak, o‘ylaymanki, 2027 yilda Rossiyadan umuman elektr energiyasi sotib olmaymiz", — deya amaldorning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.

Esimxanovning eslatishicha, Qozog‘istonda elektr energiyasi taqchilligi 2024 yilda 2,1 mlrd kVt·soatni tashkil etgan bo‘lsa, 2025 yilga kelib bu ko‘rsatkich taxminan 1,5 mlrd kVt·soatgacha kamaygan.

Joriy yilning yanvar oyida Energetika vaziri Yerlan Akkenjenov respublika 2027 yil birinchi choragi yakunigacha yangi quvvatlarni ishga tushirish orqali iqtisodiyotning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qoplash niyatida ekanini aytgan edi. Vazirning aytishicha, hozirda umumiy quvvati 15,3 GVt bo‘lgan va qiymati 13 trillion tengedan (taxminan 24 mlrd yevro) ortiq 81 ta loyiha ustida ish olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:15. O'qildi: 293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!