Bugun 19 sentyabr, 2019 yil, payshanba

КИР

Qoyil! Hech kim bilmagan: Rossiya hukumatida AQSh ayg‘oqchisi ishlagan

Qoyil! Hech kim bilmagan: Rossiya hukumatida AQSh ayg‘oqchisi ishlagan

Rossiya rahbariyatida AQShning ayg‘oqchisi bo‘lib ishlagan rossiyalik fosh bo‘lish xavfi sababli Rossiyadan olib chiqilgan. Ayg‘oqchining qutqarilishi bo‘yicha maxsus operasiya 2017 yilda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan qabul qilinishidan keyinoq o‘tkazilgan. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi. 

Ta’kidlanishicha, Vashington Tramp Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Rossiyaning o‘shandagi AQShdagi elchisi Sergey Kislyakga maxfiy ma’lumotlarni bergan bo‘lishi mumkinligi xavotiri ostida manbani Rossiyadan olib chiqishga qaror qilgan. The Washington Post nashridagi maqolaga ko‘ra, ayg‘oqchi qo‘lga kiritgan maxfiy ma’lumotlar ISHID faoliyatiga tegishli bo‘lgan.

Telekanalning qo‘shimcha qilishicha, ayg‘oqchining fosh qilinishi mumkinligidan o‘z vaqtida Barak Obama ma’muriyatida ham xavotirlanishgan.

CNN’da ta’kidlanishicha, AQSh shu tariqa Kremlning ichki ishi va Rossiya prezidentining rejalaridan voqif qiluvchi bosh manbalarining biridan mahrum bo‘lgan. Telekanalning AQSh razvedkasidagi suhbatdoshining ta’kidlashicha, bunday ayg‘oqchining tayyorlanishi ko‘p vaqt oladi, chunki Rossiyada xavfsizlikka talablar juda yuqori.

Josusning olib chiqilishi tafsilotlari va shaxsi oshkor qilinmagan. Shuningdek, uning hozirda qayerdaligi ham noma’lum.

Oq uy va Markaziy razvedka boshqarmasida CNN’ning bu xabari nokorrektligi aytilgan. Shuningdek, AQSh mansabdor shaxslari orasidagi manbalar ham bu xabar bunday ayg‘oqchilik ishida gumon qilinishi mumkin bo‘lganlar hayotini xavf ostiga qo‘yishi mumkinligi aytilgan.

30 avgustda Business Insider nashrining AQSh maxsus xizmatlaridagi manbalari Trampning Rossiyani “Katta yettilik”ka qaytarish taklifi AQSh prezidentining Kreml manfaati yo‘lida harakat qilishidan darak berishini ta’kidlab o‘tishgan. “Trampni Rossiyani muzokaralar stoliga qaytarish yaxshi bo‘lishiga nima undadi? Bu qanday qilib AQSh milliy xavfsizligiga xizmat qiladi?”, deb savol bilan yuzlangan manbalardan biri.

Kiritildi: 05:16 10.09.2019. O'qildi: 5368 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi, va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!