Tarvuz-qovundan zaharlanish oqibatida aholi vafot etish holatlari qayd etilmagan.
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqda qovun va tarvuz mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida bir necha fuqaroning vafot etganligi to‘g‘risidagi xabar tarqaldi.
⚡️Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi respublikamizda bu kabi holatlar qayd etilmaganligini va xabar asossizligini ma’lum qiladi.
Poliz mahsulotlarini iste’mol qilish bilan bog‘liq oshqozon-ichak faoliyatining buzilish holatlari uchrab turishi mumkin va unga bir necha omillar sabab bo‘ladi:
✔️ odam organizmining o‘ziga xos xususiyatlariga;
✔️bir paytda iste’mol qilish mumkin bo‘lmagan mahsulotlarning aralashtirib iste’mol qilinishi;
✔️poliz mahsulotining eskirib qolganligi (kesilgandan keyin uzoq vaqt turib qolganligi);
✔️ular tarkibida nitrat va nitritlarning me’yordan ortiqligi va boshqalar.
🔴Sanepidqo‘mita ogohlantiradi!
Aholi poliz mahsulotlarini xarid qilishda quyidagilarga e’tibor qaratishi zarur:
-faqat ruxsat etilgan (savdo rastalari, bozor hududi, savdo majmualari) joylardan poliz mahsulotlarini xarid qiling;
-poliz mahsulotlarni xarid qilish jarayonida laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tganligiga e’tibor qarating;
- katta (magistral) yo‘l yoqalari, aholi yashash mavzelarida sotilayotgan poliz mahsulotlari laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tmagan bo‘lishi mumkinligi unutmang!