Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Qoraqolpog‘istonda ishchilarning buzilgan huquqlari tiklandi

Qoraqolpog‘istonda ishchilarning buzilgan huquqlari tiklandi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining ijro hujjatlariga asosan qarzdor “XO`JAYLI MAXSUS SUV PUDRAT” MCHJdan 10 ta ishchi xodimlarning foydasiga jami 221,5 mln. so‘m oylik ish haqilarini undirish belgilangan.

Shunga qaramasdan, javobgar "XO`JAYLI MAXSUS SUV PUDRAT" MCHJ tomonidan ushbu sud qarori ijrosi ta’minlanmagan va ishchilarning ish haqilari to‘lab berilmagan.

Shunda, ular sud qaroriga asosan chiqarilgan ijro varaqalarning ijrosini ta’minlab berishni so‘rab, Majburiy ijro byurosi Xo‘jayli tuman bo‘limiga topshirishgan va bo‘lim tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.

Xususan, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga tegishli “CLG 925 LL” rusumli ekskovator tegishli tartibda xatlovga olinib, elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarilgan.

O‘tkazilgan auksion savdosida ushbu mulk 318,9 mln. so‘mga sotilgan bo‘lib, sotuvdan tushgan pul mablag‘lari qarzdorning 10 ta ishchilar oldidagi 221,5 so‘m qarzdorligini qoplashga yo‘naltirilgan.

Kiritildi: 15:07 25.04.2025. O'qildi: 594 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!