Bugun 25 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Qoraqalpog‘istonlik yana bir ota farzandlari uchun aliment o‘rniga uy hadya qildi

Qoraqalpog‘istonlik yana bir ota farzandlari uchun aliment o‘rniga uy hadya qildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chimboy tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan undiruvchi K.N.ning foydasiga tarbiyasidagi uch nafar farzandining ta’minoti uchun qarzdor S.A.ning har oydagi jami daromadining 1/2 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Kegeyli tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, bo‘lim xodimlari tomonidan ijro harakatlariga olib borilgan.

Ijro harakatlari davomida, qarzdor S.A.ning aliment to‘lovlaridan qarzdorligi 43 mln. so‘mdan oshib ketganligi sababli unga bo‘lim xodimlari tomonidan javobgarlik masalasi hal qilinishi bildirilgan.

Shunda qarzdor S.A. aliment to‘lovlari o‘rniga o‘z nomidagi uyni farzandlarining biri nomiga o‘tkazish istagini bildirib, o‘zining nomidagi Kegeyli tumanida joylashgan uyni joriy yilning 18-dekabr kuni farzandiga hadya etgan.

Shundan so‘ng, undiruvchi K.N. Byuroning Kegeyli tuman bo‘limiga kelib, aliment pullaridan voz kechishini bildirib ariza bergan va ijro harakatlari tugatilgan.

Kiritildi: 15:01 24.12.2024. O'qildi: 680 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!