Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qoraqalpog‘istondagi ommaviy tartibsizliklar ortidan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ham qamoqqa olingan — Bosh prokuratura

A A A
Qoraqalpog‘istondagi ommaviy tartibsizliklar ortidan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari ham qamoqqa olingan — Bosh prokuratura

2022 yilning 1-2 iyul kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar yuzasidan Jinoyat kodeksining 159-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha ayblangan 22 nafar shaxsga nisbatan sudning 2023 yil 31 yanvar kuni chiqarilgan hukmi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining matbuot xizmati tomonidan yoritildi.

Shuningdek, 18 va 21 nafar shaxsga (barchasiga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan) nisbatan Jinoyat kodeksining 244-moddasi (Ommaviy tartibsizliklar) va boshqa tegishli moddalari bilan bo‘lgan 2 ta jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan 2023 yil 17 yanvar kuni mazmunan ko‘rish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudiga yuborildi.

Hozirda mazkur jinoyat ishlari sud tomonidan mazmunan ko‘rib chiqilmoqda.

Bundan tashqari, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari tergovi doirasida 3 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ayblov e’lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Hozirda jinoyat ishlari bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.

Tergov natijasi bo‘yicha jinoyat ishlarining sudga yuborilishi ta’minlanadi.

Kiritildi: 09:59 09.02.2023. O'qildi: 2198 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!