Bugun 11 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Qoraqalpog‘istonda yuqori natija ko‘rsatgan MIB xodimlari rag‘batlantirildi

Qoraqalpog‘istonda yuqori natija ko‘rsatgan MIB xodimlari rag‘batlantirildi

Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i R.T.Xalmuratov rahbarligida joriy yilning iyul oyida xodimlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda, o‘tgan oyda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tuzilgan reytingda eng yuqori natijalarni qayd etgan davlat ijrochilari A.Yuldashov, A.Kurbaniyazov va N.Abdikarimovalar, boshqarmaning o‘tgan oydagi eng yaxshi xodimi sifatida tan olingan A.Utegenov, B.Rozumbetov va R.Babajanovlarga boshqarma boshlig‘ining maxsus buyrug‘iga asosan moddiy rag‘batlantirish va sovg‘alar berildi. Rag‘batlantirilgan xodimlarning ota-onalariga minnatdorchiliklar izhor etildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlariga asosan bir qator xodimlarga navbatdagi darajali unvonlar topshirildi.

Kiritildi: 15:53 10.08.2026. O'qildi: 1489 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!