Bugun 11 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘rmon yong‘inlari Yevropaga €19 mlrd zarar keltirdi

O‘rmon yong‘inlari Yevropaga €19 mlrd zarar keltirdi

Yil boshidan buyon yong‘in 530 ming gektardan ortiq hududni yo‘q qildi, ekstremal issiq va qurg‘oqchilik esa kuzga qadar yangi yong‘inlar xavfini yuqori darajada saqlab qolmoqda.

2026 yil boshidan buyon Yevropadagi o‘rmon yong‘inlaridan yetkazilgan iqtisodiy zarar €19 milliarddan oshdi. Bu haqda Amerikaning AccuWeather meteorologiya kompaniyasi baholariga tayanib xabar berildi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, shu davrda yong‘inlar 530 ming gektardan ortiq hududni yo‘q qilgan.

Yong‘inlardan eng ko‘p Ispaniya va Fransiya zarar ko‘rgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, umumiy iqtisodiy yo‘qotishlar €15,6–19,1 milliardni tashkil etmoqda. Bu summaga yong‘in oqibatlarini bartaraf etish xarajatlari, infratuzilmaga yetkazilgan zarar, biznes yo‘qotishlari, aholi salomatligiga ta’sir va uzoq muddatli iqtisodiy oqibatlar kiritilgan.

AccuWeather ekspertlari ekstremal issiq va qurg‘oqchilik Yevropada yangi o‘rmon yong‘inlari yuzaga kelish xavfini kamida kuzga qadar yuqori darajada saqlab qolishidan ogohlantirmoqda.

Kompaniya prognozlariga ko‘ra, eng xavfli vaziyat G‘arbiy va Markaziy Yevropa mamlakatlarida saqlanib qoladi. Fransiyaning ayrim hududlari, Ispaniyaning shimoli va Britaniya orollarining janubiy qismi eng yuqori xavfli zonalar sifatida qayd etilgan.

Skandinaviyaning janubida, Italiyada, Sharqiy Yevropaning qator mamlakatlari va Bolqon mintaqasida ham yirik yong‘inlar ehtimoli yuqoriligicha qolmoqda.

Kiritildi: 21:36 10.08.2026. O'qildi: 1150 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!