Bugun 11 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Hindiston Isroilga qariyb 2,6 ming partiya qurol-yarog‘ yetkazib bergan

Hindiston Isroilga qariyb 2,6 ming partiya qurol-yarog‘ yetkazib bergan

Amnesty International ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil oktyabridan 2025 yil noyabrigacha Hindistondan Isroilga kamida 2596 ta qurol-yarog‘, o‘q-dori, ehtiyot qismlar va komplektlovchi buyumlar yetkazib berilgan.

Jerusalem Post Amnesty International ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, 2023 yil oktyabridan 2025 yil noyabrigacha Hindiston Isroilga kamida 2596 ta harbiy maqsaddagi mahsulot yetkazib bergan. Gap qurol-yarog‘, o‘q-dori, ehtiyot qismlar va komponentlar haqida bormoqda.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, Hindistondan Isroilga 390 516 ta o‘qotar qurol detallari, 564 970 ta portlovchi moddalar komponentlari, jumladan, dronlar uchun jangovar kallaklar va artilleriya snaryadlari gilzalari, shuningdek, harbiy texnikaga oid 298 ta detal yetkazib berilgan.

Ayrim holatlarda Amnesty International yetkazib berishlarni qabul qilgan isroillik oluvchilarni ham aniqlashga muvaffaq bo‘lgan. Jumladan, ular orasida Elbit Systems kompaniyasi bo‘lib, unga 155 mmlik snaryadlar va Skystriker — baraj qiluvchi o‘q-dori vositasi uchun jangovar kallaklar yetkazib berilgan.

Etkazib berishlar ikki davlat o‘rtasidagi yaqin mudofaa aloqalari fonida amalga oshirilgan. Hindistonning «Hindistonda ishlab chiqarilgan» siyosati doirasida mahalliy ishlab chiqarish ulushini oshirishga qaratilgan loyihalarda Elbit Systems, Israel Aerospace Industries va Rafael kabi Isroil kompaniyalari ham ishtirok etmoqda.

Shu bilan birga, Hindiston Isroil mudofaa sanoatining eng yirik buyurtmachilaridan biri bo‘lib qolmoqda. SIPRI ma’lumotlariga ko‘ra, 2021–2025 yillarda Isroil mudofaa eksportining qariyb 29 foizi Hindiston hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Hindiston Ukrainadan keyin mudofaa mahsulotlarini import qilish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi. 2021–2025 yillarda Hindiston mudofaa importi tarkibi uning manfaatlari xilma-xil ekanini ko‘rsatadi: yetkazib beruvchilar ro‘yxatida Rossiya 40 foiz ulush bilan birinchi o‘rinda, Fransiya ulushi 29 foiz, Isroilniki esa 15 foizni tashkil etgan.

Amnesty International, shuningdek, Hindistondan harbiy mahsulotlar eksportini nazorat qilishda xalqaro standartlarga rioya etish borasida «jiddiy tizimli kamchiliklar» mavjudligini bildirdi.

Kiritildi: 21:22 10.08.2026. O'qildi: 1419 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!