Bugun 16 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Qoraqalpog‘istonda YPX xodimiga qo‘l ko‘targan shaxs qamoqqa olindi

Qoraqalpog‘istonda YPX xodimiga qo‘l ko‘targan shaxs qamoqqa olindi

Ma’lum qilishicha, 21 may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YHXB 2 mintaqa yo‘l-patrul xizmati inspektori To‘rtko‘l tumani Mustaqillik ko‘chasi bo‘yida xizmat olib borayotgan bo‘lgan. O‘sha yo‘lda harakatlanib kelayotgan “Matiz” shubhali bo‘lgani sabab to‘xtatib, haydovchisidan hujjatlarini so‘ragan.

Haydovchi “Sen nimaga mening oldimga chiqasan” deb, uni qo‘llari bilan urib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, o‘z xizmat vazifasini bajarayotgan ichki ishlar xodimiga faol qarshilik ko‘rsatib, unga tan jarohati yetkazgan.

Hozirda holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi va 277-moddasining (bezorilik) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prosessual tartibda ushlangan.

Kiritildi: 23:30 26.05.2024. O'qildi: 1607 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!