Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Qoraqalpog‘istonda oxirgi marta otasi bilan gaplashgan ayol eri tomonidan vahshiylarcha o‘ldirildi

Qoraqalpog‘istonda oxirgi marta otasi bilan gaplashgan ayol eri tomonidan vahshiylarcha o‘ldirildi

2019 yilning 11 avgust (Qurbon Hayit kuni) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xo‘jayli tumanida mudhish qotillik yuz berdi, deb xabar qilmoqda Shuhrat Saidahmedov.

"Human.uz"ning yozishicha, Xo‘jayli tumani, Mustaqillik OFY, Y.Oxunboboyev ovulida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan M.Qurbonboyeva turmush o‘rtog‘i A.Qurbonov tomonidan 19 marta pichoqlangan. Bu haqida M.Qurbonboyevaning oila a’zolari ma’lum qilgan.

Ularning aytishicha, M.Qurbonboyeva bilan 11 avgust kuni soat 22:04 da oxirgi marta otasi telefon orqali gaplashgan. Voqea M.Qurbonboyevaning kelin bo‘lib tushgan uyida soat chamasi 22:00 — 24:00 oralig‘ida yuz bergan.

M.Qurbonboyevaning yaqinlarining so‘zlariga ko‘ra, u Xo‘jayli tumanidagi kasalxonaga soat 24:00 atrofida olib kelingan vaqtda ham hali tirik bo‘lgan. M.Qurbonboyeva tanasining 19 joyiga o‘tkir tig‘li pichoq bilan zarba berilgan. Shifokorlarning harakatlariga qaramasdan M.Qurbonboyeva hayotdan ko‘z yumgan.

Bloger Shuhrat Saidahmedov hodisa yuzasidan Xo‘jayli tumani IIB va Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi bilan telefon orqali bog‘langan. Ammo surishtiruvi Yakshanba kuni bo‘lgani bois ulardan rasmiy ma’lumot ola olmagan.

Marhumaning ota-onasiga ko‘ra, hozirda tergov jarayoni boshlangan.

«Ma’lumot uchun, A.Qurbonov va M.Qurbonboyevaning ikki nafar, 4 yashar va 1 yosh-u 4 oylik qizlari bor ekan. Ular hozirda M.Qurbonboyevaning qizlik uyida. Onasiga nima bo‘lganini bilmaydi», — deyiladi xabarda

Voqea yuzasidan hozircha Xo‘jayli tumani IIB va Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan rasmiy malumot berilmagan.

 

Kiritildi: 12:07 19.08.2019. O'qildi: 4244 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!