Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Amudaryo, Qorao‘zak, Taxiatosh, Taxtako‘pir tumani bo‘limlari, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda fuqaro G.S. 360 dona, fuqaro K.M. 120 dona, fuqaro T.A. 4 quti hamda fuqarolar R.U. va A.K. 2 quti kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotgan vaqtida ushlanib, ulardan ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.