Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom Los-Anjelesdagi norozilik namoyishlari fonida AQSh fuqarolarini prezident Donald Tramp va uning siyosatiga qarshi turishga chaqirdi.
Bu haqda u CNBC telekanalidagi murojaatida aytib o‘tgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp amerikaliklarning "jim bo‘lishini" istaydi. Siyosatchining ta’kidlashicha, Kaliforniya Tramp yo‘lidagi birinchi shtat bo‘lishi mumkin, ammo bu bilan tugamaydi.
"Unga taslim bo‘lmang. Keyingi o‘rinda boshqa davlatlar. Keyingi o‘rinda demokratiya. Bizning ko‘z o‘ngimizda demokratiya hujum ostida. Bu biz qo‘rqqan payt", - deydi Nyusom.
Shahar polisiyasi boshlig‘i Jim Makdonnel seshanba kuni 197 namoyishchi hibsga olinganini aytdi.
"Shanba kuni LAPD 27 kishini hibsga oldi, yakshanba kuni esa bu raqam 40 taga yetdi. Dushanba kuni hibsga olinganlar soni 114 taga etdi, faqat bugun biz 197 kishini hibsga oldik", dedi u matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, tartibsizliklar 7 iyun kuni AQSh Immigrasiya va bojxona xizmati Los-Anjeles shahar markazida noqonuniy muhojirlarni aniqlash bo‘yicha ommaviy operasiya o‘tkazilgan reyddan so‘ng boshlangan edi. Oq uy shaharga Milliy gvardiya qo‘shinlari kiritilishini e’lon qildi.