Bugun 22 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qoraqalpog‘istonda «BOJALAR-TOUR» sayyohlik korxonasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

A A A
Qoraqalpog‘istonda «BOJALAR-TOUR» sayyohlik korxonasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Qoraqalpog‘istonda yana bir sayyohlik korxonasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, so‘nggi yillarda mamlakatimizga dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyurayotgan sayyohlar soni ortib bormoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida sayyohlik salohiyatidan samarali foydalanish, dam olish va turizm uchun shart-sharoitlarni yaxshilash maqsadida, 40 ga yaqin turistik xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Bugun Nukus shahri Davlat xizmatlari markazida taniqli xonanda Jahongir Poziljonov «BOJALAR-TOUR» nomli turistik korxonasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

«Yurtimizga tashrif buyuruvchi sayyohlarga sifatli xizmat ko‘rsatish hamda milliy turizm salohiyatini ichki va tashqi bozorlarda samarali targ‘ib qilishni maqsad qilganmiz»,- deydi Jahongir Poziljonov.

Kiritildi: 22:44 02.04.2021. O'qildi: 2538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!