Bugun 30 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun qo‘shimcha grant va to‘lov-kontrakt o‘rinlari ajratildi

Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun qo‘shimcha grant va to‘lov-kontrakt o‘rinlari ajratildi

Davlat komissiyasi bayoni (https://t.me/eduuz/38241)ga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston yoshlari oliy ta’limga qabulda quyidagi 3 ta qo‘shimcha imkoniyatga ega bo‘ladi.

1-imkoniyat. 2025 yil 24–30 sentyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashovchi va kirish imtihonlarida 68 ball va undan yuqori natija ko‘rsatib, davlat oligohlarining kunduzgi ta’lim shakliga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar 500 ta maqsadli qabul (https://api-portal.gov.uz/uploads/7/2025/09/22/ead46f5e-4dd1-11cd-fbb0-528c3d05fcc6_media_.pdf) parametrlari uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

Ro‘yxatdan o‘tish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Bunda abituriyentlar talabalikka tavsiya etilgan oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi.

Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar o‘tkazilgan kirish imtihonlari natijasiga ko‘ra to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlariga tavsiya etiladi.

Tavsiya etilganlar ro‘yxati belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga yetkaziladi.

2-imkoniyat. 2025 yil 29 sentyabrdan 6 oktyabrga qadar (shu kuni ham) Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarini tamomlagan, jumladan, muayyan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar uchun 200 ta maqsadli qabul parametrlari (https://api-portal.gov.uz/uploads/7/2025/09/22/64a55798-0a0c-4d50-1ebc-80b13336dde0_media_.pdf)ga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratiladi.

Bunda:

➖ro‘yxatdan o‘tish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi;

➖ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun 2025 yil 12 oktyabrga qadar test sinovlari o‘tkaziladi;

➖o‘tkazilgan test sinovlari natijasiga ko‘ra abituriyentlarning to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlari doirasida tanlov natijalari belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun 2025 yil 17 oktyabrga qadar oliy ta’lim tashkilotlariga yetkaziladi.

❗️Eslatma: ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlardan Prezidentning PQ–4319-son (14.05.2025-y.) qaroriga muvofiq belgilangan miqdordagi to‘lov undiriladi.

‼️Muhim. 2025 yil 15 noyabrga qadar yuqoridagi 1- va 2-imkoniyatlarga muvofiq maqsadli grant o‘rinlariga qabul qilingan talabalar bilan oliy ta’lim tashkilotini tamomlagandan keyin tegishli hududda 3 yil ishlab berish majburiyatini nazarda tutuvchi to‘rt tomonlama (hududiy hokimlik, sohaviy davlat organi (tashkiloti), talaba va oliy ta’lim tashkiloti o‘rtasida) shartnomalar rasmiylashtiriladi.

3-imkoniyat. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining murojaatiga muvofiq Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimida to‘lov-kontrakt asosida respublika davlat oliy ta’lim tashkilotlariga qo‘shimcha 7 225 ta qabul parametrlari tasdiqlandi.

Bunda bazaviy to‘lov-kontrakt asosidagi qo‘shimcha qabul parametrlari davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tgan Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional (kasbiy) ta’lim muassasalarini tamomlagan, o‘tkazilgan kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantiriladi.

Tanlov qaydnomalari tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun yetkaziladi.

Kiritildi: 23:05 22.09.2025. O'qildi: 770 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!