Bugun 17 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Qoraqalpog‘iston va Namanganda ko‘mirni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

Qoraqalpog‘iston va Namanganda ko‘mirni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Namangan viloyatida ijtimoiy soha ob’ektlarini isitish uchun yetkazib berilgan ko‘mirni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nukus tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda davlat xususiy sherikchilik bitimiga asosan ko‘mir yetkazib beruvchi “N.A.” MCHJga ijtimoiy soha ob’ektlarini isitish uchun yetkazib berilgan ko‘mir o‘lchovdan o‘tkazilganida, MCHJ mas’ul shaxslari umumiy bahosi 1 mlrd so‘mlik jami 2 514 tonna ko‘mirni talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda davlat xususiy sherikchilik bitimiga asosan ko‘mir yetkazib beruvchi “O.D.” MCHJ rahbari O.Q. va boshqalar kuz-qish mavsumida Kosonsoy tumanidagi byudjet tashkilotlarini isitish uchun ajratilgan umumiy bahosi 263,1 mln so‘mlik 609,9 tonna ko‘mirni boshqa shaxslarga qimmat narxlarda sotib yuborib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:19. O'qildi: 372 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!