Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Qoraqalpog‘iston hamda Surxondaryo, Andijon bo‘ylab “Ma’naviyat festivali” bo‘lib o‘tmoqda

A A A
Qoraqalpog‘iston hamda Surxondaryo, Andijon bo‘ylab “Ma’naviyat festivali” bo‘lib o‘tmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati va qator tashkilotlar hamkorligida joriy yilning 23–30 avgust kunlari Respublika bo‘ylab “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostida “Ma’naviyat festivali” o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu maqsadda targ‘ibotchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Surxondaryo, Andijon viloyatlarida bo‘lib turishibdi. Festival doirasida “Ma’rifat soatlari”, nuroniylar, mehnat faxriylari va yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvlari”, Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida “Mening ilk kitob javonim”, yoshlarimiz o‘rtasida milliy musiqa san’atimizning ko‘p asrlik ijro yo‘llari, qadimiy tarixini keng targ‘ib qilish maqsadida “Milliy qo‘shiqlar va maqom”, “Vatan madhi”, “Baxshilar tarannumida” konsert dasturlari, “Milliy qadriyatlar” kabi loyihalar tashkil etiladi.

Festivalni Nukus shahridagi “Yosh tomoshabinlar” teatrida o‘tkazilgan “Yangi Mo‘ynoq” kitob-albomi taqdimoti ochib berdi.

Qoraqalpog‘iston hamda Surxondaryo, Andijon bo‘ylab “Ma’naviyat festivali” bo‘lib o‘tmoqda

Qoraqalpog‘iston hamda Surxondaryo, Andijon bo‘ylab “Ma’naviyat festivali” bo‘lib o‘tmoqda

Shundan so‘ng Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi harbiy qismda, Angor tumani hududida joylashgan “Ishga marhamat” monomarkazida va Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Shu bilan birgalikda Oltinsoy tumanidagi “Obishr” mahallasida ham shu kabi tadbirlar davom etdi.

Qoraqalpog‘iston hamda Surxondaryo, Andijon bo‘ylab “Ma’naviyat festivali” bo‘lib o‘tmoqda

Qoraqalpog‘iston hamda Surxondaryo, Andijon bo‘ylab “Ma’naviyat festivali” bo‘lib o‘tmoqda

Qoraqalpog‘istonning bir qancha hududlarida ham “Ma’rifat soati” tashkil etildi. Xususan Nukus harbiy qismda mazkur tadbir bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek Andijon viloyati Andijon tumanidagi 28-DMTT da "Mening ilk kitob javonim" loyihasi bo‘lib o‘tdi.

Kiritildi: 10:23 24.08.2023. O'qildi: 1735 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!