Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

«Qoradori-2022»: Tarkibida giyohvandlik vositasi bo‘lgan ekinlarni yetishtirib kelayotgan shaxslarning qilmishi fosh etildi

«Qoradori-2022»: Tarkibida giyohvandlik vositasi bo‘lgan ekinlarni yetishtirib kelayotgan shaxslarning qilmishi fosh etildi

Xorazm viloyatida ichki ishlar organlari tomonidan «Qoradori-2022» keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirining ikkinchi bosqichi doirasida olib borilgan chora-tadbirlar natijasida, taqiqlangan ekinlarni, ya’ni, tarkibida giyohvandlik vositalari bo‘lgan ekinlarni qonunga xilof ravishda ekib, yetishtirib kelayotgan shaxsning jinoiy qilmishi fosh etildi.

Jumladan, Urganch shahrida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan M.B. ning yashash uyi va tomorqasi joriy yilning 10 avgust kuni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, xonadon egasi uyining tomorqa qismida 1 tup «kannabis» o‘simligini ekib, yetishtirib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, joriy yilning 9 avgust kuni, Xiva shahrida yashovchi, 1963 yilda tug‘ilgan A.YA. ga tegishli xonadonning tomorqasi ko‘zdan kechirilganida, ushbu shaxs ham 2 tup «kannabis» o‘simligini ekib, yetishtirib kelayotganligi aniqlandi.

Sud-kimyoviy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra ushbu o‘simliklar tarkibida giyohvandlik vositasi borligi tasdiqlandi.

Yuqoridagi holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, «kannabis» esa ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olindi.

Kiritildi: 09:35 16.08.2022. O'qildi: 1112 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!