Iqlim o‘zgarishi 2021 yilning issiq va quruq yozi Rossiya janubi Oltoy tog‘ tizma yaylov fitomassasini biroz o‘zgartirdi. Ozuqaning kamayishi, tog‘ echkilarining boshqa hududlarga ko‘chib ketishini, pirovardida ular ortidan qor qoplonlarining ham yashash manzillari o‘zgarishiga olib keldi.
Oltoy tog‘ timalariga amalga oshirilgan ilmiy ekspedisiya umidsiz xulosalarni berdi. Xususan, Chixachev tizmalarida umuman qor qoplonlari qolmagan hisob. Ushbu tizma qor qoplonlari ko‘payishi, populyasiyasini amalga oshirish uchun o‘choq hududlardan biri edi.
Qor qoploni Rossiyadagi eng kamyob mushuksimon hayvon. Odamlar qadami yetib bormagan baland tog‘larda yashaydi. Markaziy Osiyo, Osiyoning 12 mamlakatidagi baland tog‘larda uchraydi. Qor qoploni 2003 yilda dunyoda 4-7 mingga yaqin, 2020 yilga kelib 2,3-4 mingtagacha kamaygan. 2022 yil qishida Rossiyaning barcha hududlarida atigi 73-75 ga yaqin qor qoploni qolgani aytiladi. Aksariyati esa Oltoy tizmasida.
Chixachev tog‘i ushbu turning asosiy yashash areali hisoblanib, mazkur mintaqada qor qoplonlarining 1000 ga yaqini yashaydi deb kelinardi. Afsuski, may oyidagi ekspedisiya Chixachev tog‘ining Rossiya hududida ''qor qoplon izlari'' keskin kamayganini, noyob hayvon turi yashirin tuzoq kameralariga deyarli ko‘rinish bermaganini ko‘rsatdi.
Ekspedisiya ishtirokchilari 30 ta qishgi manzilga o‘rnatilgan 13 ta tuzoq kamera xotirasini ''ko‘tarishdi''. Natijalar o‘ta achinarli. Kameralar ushbu qish mavsumi faqat to‘rt holatdagina qor qoplonlarini qayd etgan. 2022 yilning boshidagi qish oyida esa bironta ham qoplon kameralarga ko‘rinish bermagan.
Oltoy hukumati 2022 yilni ramziy ma’noda ''qor qoploni yili'' deb e’lon qilgan. Qor qoplonlari iqlim o‘zgarishi asoratlari bilan birgalikda tez-tez ovchilar qo‘lida ham halok bo‘lish hisobiga kamaymoqda. Ovchilarning qoplon yemishi tog‘ echkilarini ovlashi va ularni hurkitish evaziga ham ularning populyasiyasida o‘zgarishlar bo‘layotgan bo‘lishi mumkin.