Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Qonunlarning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi roli yanada mustahkamlanadi

Qonunlarning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi roli yanada mustahkamlanadi

Qonun (O‘RQ-1054-son, 10.04.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida“gi hamda “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida“gi qonunlarga qonun loyihasini parlamentga kiritishda qonun loyihasining va xalqaro shartnoma loyihasining (matnining) o‘tkazilgan huquqiy ekspertizasi natijalarini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek qonun loyihasining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi va u bo‘yicha o‘tkazilgan jamoatchilik muhokamasi natijalarini taqdim etish to‘g‘risidagi talab belgilanmoqda.

Bundan tashqari, qonunchilik tashabbusi huquqi sub’ektiga o‘zi kiritgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilinguniga qadar Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taklif kiritish orqali uni chaqirib olish huquqini berishning huquqiy asosi belgilanmoqda.

Kiritilayotgan qo‘shimchalarga ko‘ra, qonun kuchga kirgan kundan e’tiboran 5 yil o‘tgach, mas’ul davlat organlarining va Oliy Majlis palatalari qo‘mitalarining tashabbusiga ko‘ra qonunning samaradorligini, unda belgilangan maqsadga va kutilayotgan natijalarga erishilganligini aniqlash uchun qonunning tartibga solish ta’siri baholashdan o‘tkazilishi mumkin.

Kiritildi: 09:03 11.04.2025. O'qildi: 845 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!