Qonliko‘l tumanida 3 ta odamni shoqol tishlagan. Tumanda suv chiqarish qurilmasi bilan ishlovchi odamga shoqol hamla qilgan. Voqea sodir bo‘lganining ertasigayoq ovchilar jamoasi tuzilib ularga tegishli tartibda choralar ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shoqolning boshi Qonliko‘l sanitariya epidemiologiya nazorat markazi tomonidan labaratoriyaga jo‘natilgan. Bu haqida Qonliko‘l Sanitariya epidemiologiya markazi bosh shifokori Gulzor Nurumbetova rasmiy ma’lumot berdi.
- Qonliko‘lda 6 odamni shoqol tishlagani haqidagi xabar noto‘g‘ri. Shoqol tishlagan 3 ta odamga tez tibbiy yordam ko‘rsatildi. Ularning ahvoli yaxshi. Labarotiriya natijalari hali kelmadi. Shu bois shoqolning quturgan, quturmagini haqida biron ma’lumot berolmaymiz, - deydi markaz bosh shifokori G. Nurumbetova. Ma’lumot uchun, saytimizda avval ham Sho‘manoy tumanida shoqollarning odamlarga hujumi bo‘yicha xabar bergan edik, deya yozadi kar24.uz sayti.
Manba: makan.uz