Bugun 14 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Qonli xato: Nigeriyada bozorga hujum sabab 200 kishi halok bo‘ldi

Qonli xato: Nigeriyada bozorga hujum sabab 200 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyadagi bozorga hujum oqibatida 200 kishi halok bo‘ldi.

Reuters agentligining mahalliy aholi va mahalliy kengash a’zosi kabi manbalarga tayanib xabar berishicha, Nigeriya havo kuchlari samolyotlarining Yobe shtatidagi qishloq bozoriga bergan zarbasi oqibatida kamida 200 kishi halok bo‘ldi.

Nigeriya havo kuchlari qo‘shni Borno shtatidagi «Boko Haram» guruhi pozisiyalariga zarba berganini da’vo qildi, ammo bozorga berilgan zarba haqida hech narsa deyilmadi.

Yobe rasmiylari havo hujumi Jilli bozori yaqinidagi hududga qaratilganini va ba’zi mijozlar jarohatlanganini tan olishdi. Ular qo‘shimcha ma’lumot berishmadi.

Mahalliy kengash a’zosi Lavan Zanna Nur Geydam havo hujumida 200 dan ortiq odam halok bo‘lganini taxmin qildi. Boshqa bir qancha mahalliy aholi va noma’lum xalqaro gumanitar tashkilot vakili ham shunga o‘xshash taxminlarni bildirdi.

Jilli bozori Borno shtati bilan chegarada joylashgan bo‘lib, u yerda jangari guruhlar faol va terrorizmga qarshi operasiyalar olib borilmoqda. Mart oyida shtatda uchta terroristik hujumda kamida 130 kishi halok bo‘lgan.

Kiritildi: 20:08 13.04.2026. O'qildi: 511 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!