Bugun 10 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Qohira G‘azoni qayta tiklash uchun qancha mablag‘ kerak bo‘lishini ma’lum qildi

Qohira G‘azoni qayta tiklash uchun qancha mablag‘ kerak bo‘lishini ma’lum qildi

Misrda tayyorlangan rejaga ko‘ra, Falastinning G‘azo sektorini qayta tiklash 38 milliard dollarga tushadi.

Bu haqda Al Hadath telekanali seshanba kuni Qohirada bo‘lib o‘tadigan sammitda Arab davlatlari ligasiga a’zo davlatlar rahbarlari muhokama qilishi kutilayotgan hujjatga tayanib xabar berdi.

“Falastinning G‘azo sektorini tiklash rejasi 38 milliard dollar ajratishni nazarda tutadi, buning katta qismi uy-joylarni rekonstruksiya qilishga yo‘naltiriladi”, deya hujjatga asoslanib xabar beradi telekanal. Loyihaga ko‘ra, tiklash jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi: “birinchi bosqich ikki yil, ikkinchisi ikki yarim yil davom etadi”. Rejada Falastin anklavining “bir nechta shaharlarida rekonstruksiya vaqtida vaqtinchalik uy-joy bilan ta’minlash” nazarda tutilgan.

Sektorning kelajakdagi boshqaruvi haqida gap ketsa, Misr olti oy ichida vazifani o‘z zimmasiga oladigan “texnokratlarning mustaqil qo‘mitasi”ni tuzishni taklif qilmoqda. Bundan tashqari, Misr va Iordaniya “Falastin polisiyasini G‘azo sektoriga o‘z kuchlarini joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish uchun ularni o‘qitishi” kutilmoqda.

Kiritildi: 17:30 04.03.2025. O'qildi: 1885 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!