Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Moskvada Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev bilan uchrashdi. Bu haqda Qodirov Telegram’da yozgan.
Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, yig‘ilishda hududiy huquqni muhofaza qiluvchi va qo‘riqlash idoralari faoliyati hamda aholi xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilingan.
– Suhbatimiz davomida amin bo‘ldimki, bu insonning Vatanga fidoyiligi, kasbiy mahorati alohida e’tirofga sazovordir. Uning mamlakat va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashdagi shaxsiy hissasi beqiyos. Bu, ayniqsa, bugungi kunda murakkab xalqaro vaziyat fonida muhim ahamiyat kasb etmoqda”, — deyiladi Qodirov xabarida.