Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qizlarni Turkiyaga «ishlagani» yubormoqchi bo‘lgan ayolga sud hukmi o‘qildi

A A A
Qizlarni Turkiyaga «ishlagani» yubormoqchi bo‘lgan ayolga sud hukmi o‘qildi

Gulchehra Saidova o‘ziga tanish bo‘lgan Jizzax shahrida yashovchi Sayyora Ashurova, o‘ziga oldindan tanish bo‘lmagan g‘allaorollik Nargiza Mamadiyorova hamda yana bir Jizzax shahrida yashovchi Mavluda Ro‘zimurodovani haq evaziga Turkiya davlatidagi nomuayyan doiradagi jinsiy sheriklar bilan shahvoniy munosabatlarda foydalanish uchun yollab, S.Ashurovaning shaxsini tasdiqlovchi fuqarolik pasportini olib qo‘yib, ularga Turkiya davlatida yuqori haq evaziga fohishalik bilan shug‘ullanishlarini, bu yo‘l orqali kuniga 500 AQSh dollari miqdorida daromad topishlarini va’da qilgan. Shuningdek, ularga barcha yo‘l harajatlarini o‘z hisobidan to‘lashini, shu sababli yo‘l harajatlarini chet elda «ishlab» topgan pullaridan to‘lab berishlari haqida shart qo‘ygan. Shundan so‘ng fuqaro N.Mamadiyorova va M.Ro‘zimurodovalarga dastlab Samarqand shahrida o‘zining kvartirasida yashab turishlarini, S.Ashurovaning ortidan ularni ham Turkiya davlatiga yuborishini aytadi. Yo‘l-yo‘lakay S.Ashurovani Istanbulga uchib ketishi uchun aeroportga kuzatmoqchi bo‘ladi, ammo qizning pasporti uydaligi esiga tushib, uyiga yo‘l olmoqchi bo‘ladi. Bu orada qolgan qizlarni ham o‘zining kvartirasiga joylashtirishni rejalashtiradi va “Neksiya-2” rusumli, davlat raqami 25 J 933 FA bo‘lgan avtomashinada Samarqand shahriga ravona bo‘ladi. Ammo qabih niyatini amalga oshira olmaydi…

Chunki avtomashina Jizzax viloyati IIB TEQKB xodimlari tomonidan “Sangzor-15” YPX maskanida to‘xtatib qolindi…
Jinoyat ishlari bo‘yicha Baxmal tuman sudining 2021 yil 11 noyabrdagi hukmiga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “b,i” bandlari bilan aybli deb topib, Gulchehra Saidovaga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 11:17 27.01.2022. O'qildi: 1999 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!