Bugun 3 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Qiziriqda “uddaburon” fuqarolardan 6 milliard so‘m zarar undirildi

Qiziriqda “uddaburon” fuqarolardan 6 milliard so‘m zarar undirildi

Qiziriq tuman Majburiy ijro byurosi tomonidan olib borilgan qat’iy chora-tadbirlar natijasida, davlat tomonidan ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan uch nafar shaxslardan 6 milliard so‘mga yaqin mablag‘ solidar tartibda to‘liq undirildi.

Ma’lum qilinishicha, tumanda yashovchi T.S.‚ M.X. va D.T.lar davlat dasturi doirasida intensiv uzumzor va yilqichilik kompleksini tashkil etish uchun imtiyozli kredit olishga muvaffaq bo‘lgan. Biroq, o‘zlari taqdim qilgan loyihada biror amaliy ish olib borilmagani, o‘rniga olingan katta miqdordagi mablag‘lar talon-toroj qilinganligi aniqlandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qiziriq tuman sudining ijro hujjati asosida majburiy ijro harakatlariga kirishildi.

Byuroning tuman bo‘limi davlat ijrochilarining qat’iy ijro harakatlari natijasida qarzdorlardan 6 mlrd. so‘m miqdoridagi jinoiy zarar to‘liq naqd pul shaklida undirildi.

Jami zarar miqdori to‘lab bo‘linganidan so‘ng, qarzdorlarga va ularning mol-mulklariga nisbatan qo‘yilgan barcha taqiq va cheklovlar bekor qilindi, ijro ishi esa amalda yakunlandi.

Kiritildi: 21:35 02.10.2025. O'qildi: 418 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!