Xalqaro Qizil Xoch tashkiloti G‘azoning sog‘liqni saqlash tizimi ortga qaytarib bo‘lmaydigan nuqtaga yetganini aytib, shahar kasalxonalarini jangovar harakatlardan himoya qilishni talab qildi.
"Urush qoidalari aniq. Xalqaro gumanitar huquqqa ko‘ra, shifoxonalar alohida muhofaza qilinadigan ob’ektlar hisoblanadi. Tashkilot barcha tinch aholini, jumladan, yordam va tibbiyot xodimlarini zudlik bilan himoya qilishga chaqiradi. Ushbu himoyani ta’minlash va ushbu dahshatli zamonda hayotni saqlab qolish nafaqat qonuniy, balki ma’naviy majburiyatdir", — deyiladi Qizil Xoch bayonotida.