Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Qizil kitobga kiritilgan olako‘zan va qirg‘iy burguti ochiq tabiatga qo‘yib yuborildi

Qizil kitobga kiritilgan olako‘zan va qirg‘iy burguti ochiq tabiatga qo‘yib yuborildi

Navoiy viloyati, Nurota tumanining «Dexibaland» MFY hududida yashovchi fuqaro E.J. xonadoniga noma’lum hayvon kirib qolganligi to‘g‘risida Nurota tuman Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlariga murojaat qildi.

Murojaat o‘rganilganida fuqaroning uyiga O‘zbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan olako‘zan kelib qolganligi, uning holati qoniqarli ekanligi ma’lum bo‘ldi. Olako‘zan Nurota tumanining dasht hududiga olib borilib, ochiq tabiatga qo‘yib yuborildi.

Ma’lumot uchun, olako‘zan qishloq xo‘jaligi maqsadida yerlarning jadal o‘zlashtirilishi bilan bog‘liq ravishda keskin kamayib ketgan. Mirzacho‘l, Qarshi cho‘lining katta qismi va Turkiston tog‘ining yonbag‘irlarida ushbu tur jonivorlar yo‘qolib ketgan. Mamlakatimizdagi taxminiy soni – 5 mingta atrofida.

Bundan tashqari, Navoiy shahrida yana bir fuqaro A.Xning uyiga noma’lum hayvon kirib qolganligi to‘g‘risida murojaat qildi.

O‘rganish natijasida xonadonga O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan qirg‘iy burgut kelib qolganligi aniqlandi. U cho‘l hududiga olib borilib, ochiq tabiatga qo‘yib yuborildi.

Ma’lumot uchun, qirg‘iy burgut butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan uchib o‘tuvchi nominal kenja tur hisoblanib, TMXI Qizil ro‘yxatiga kiritilgan. Qizilqumdagi qoldiq tog‘larda topilgan sanoqli uyalari ma’lum. Kattaqo‘rg‘on va Sherobod atroflarida ham bo‘lgani taxmin qilinadi. XX asr boshidan 60 yillarigacha 20 ga yaqin ko‘chmanchi zoti qayd etilgan. Hozirda uyalamay qo‘ygan. 1980–1990 yillarda janubi-g‘arbiy Qizilqumda ko‘chib yuruvchi 4 donasi hisobga olingan (Buxoro ixtisoslashgan «Jayron» pitomnigi, Qarnabcho‘l). Dunyodagi populyasiyasi qisqarib bormoqda.

Kiritildi: 16:17 12.10.2023. O'qildi: 2529 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!