Rossiya havo kuchlarining Ukraina elektr tarmoqlariga zarbalari kelayotgan qish oylarida mamlakat aholisining yashash sharoitiga tahdid solmoqda.
Bu haqda BMTning Ukrainadagi inson huquqlari monitoringi missiyasi hisobotida aytildi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ukrainaliklar bu qishda kuniga 4 soatdan 18 soatgacha davom etadigan elektr ta’minotidagi uzilishlarni kutishlari kerak.
BMTning Ukrainadagi inson huquqlari monitoringi missiyasi hujumlarda zarar ko‘rgan yoki vayron bo‘lgan yettita elektr stansiyasiga, shuningdek, hujumlardan zarar ko‘rgan 28 ta aholi yashash punktlariga tashrif buyurganini aytdi.
Hisobotda aytilishicha, Kiyev aholisining deyarli 95 foizi yerto‘lani markazlashtirilgan isitish tizimlaridan foydalanadi, bu esa binoning yuqori qavatlarini issiqlik bilan ta’minlash uchun elektr nasoslarni talab qiladi.
"Favqulodda elektr ta’minotisiz millionlab shahar aholisi issiqliksiz qolishi mumkin", deyiladi hisobotda.