Buyuk Britaniya qiroli Karl III va malika Kamilla dushanba kuni Ottavaga tashrif buyurishdi. Bu tashrif Kanada suverenitetini ta’kidlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Qirol Karl III — Britaniya Mustamlaka ittifoqiga kiruvchi Kanadada davlat rahbari hisoblanadi.
Donald Trampning Kanadani AQShning 51-shtatiga aylantirish haqidagi takroriy takliflari Kanada bosh vaziri Mark Karnini seyshanba kuni Parlament ochilishi munosabati bilan Karl III ni tron nutqi bilan chiqish qilishga taklif etishga undadi, deb yozadi The New York Times.
Garchi qirol Karl nutqni o‘z nomidan so‘zlayotgandek o‘qisa-da, aslida bu matn bosh vazir devoni tomonidan tayyorlanadi. Unda hukumatning qonunchilik rejalari umumiy tarzda bayon etiladi va diplomatik ravishda ishlab chiqilgan iboralar orqali Kanada suvereniteti tasdiqlanishi kutilmoqda.
AQSh Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishganidan so‘ng, Kanada 1867 yilgacha mustamlaka sifatida qolgan va shundan keyin britaniya uslubidagi parlament tizimiga ega konstitusion monarxiya sifatida rivojlanishda davom etgan.
The Hill nashri ta’kidlashicha, so‘nggi paytlarda qirol Karl Kanadaga bo‘lgan qo‘llab-quvvatlovini ochiq namoyon qilmoqda, jumladan, uning ko‘kragida Kanada harbiy medallarini taqib yurishi bunga misol bo‘la oladi.