Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Qirg‘izlar tojiklarning mashinalariga tosh otgan": otishmaga boshqa voqea sabab qilib ko‘rsatilmoqda

A A A
"Qirg‘izlar tojiklarning mashinalariga tosh otgan": otishmaga boshqa voqea sabab qilib ko‘rsatilmoqda

Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasidagi Isfara shahrining Somoniyon qishlog‘ida ikki davlat chegarachilari o‘rtasida otishma sodir bo‘ldi, deb xabar berdi «Azia-Plyus»ga Somoniyon qishlog‘i aholisi. Manbalarga ko‘ra, qishloqdagi ayollar va bolalar xavfsiz joyga evakuasiya qilingan.

«Ayni damda otishma davom etmoqda. Avval qirg‘iz harbiylari otishma boshlagan, bunga javoban tojik harbiylari o‘t ochishgan va otishma boshlangan. Yaradorlar bor, ammo aniq soni noma’lum», — dedi ismini oshkor qilishni istamagan qishloq aholisidan biri "Azia-Plyus"ga.

Manbaning qayd etishicha, hozirda voqea joyida Isfara hokimi Bahovaddin Bahodurzoda bo‘lib, Qirg‘iziston tomoni bilan muzokaralar olib bormoqda.

«Mojaro Qirg‘iziston fuqarolarining Somoniyon qishlog‘ida Tojikiston fuqarolarining avtomashinalariga tosh otgani sababli yuzaga kelgan. Ayni damda Isfara-O‘sh yo‘li to‘sib qo‘yilgan», — dedi manba.

Qirg‘iziston tomoni esa yo‘l Tojikiston fuqarolari tomonidan to‘silganini da’vo qilmoqda.

Kiritildi: 21:21 27.01.2022. O'qildi: 3146 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!