Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qirg‘izistonning yangi bosh vaziri ma’lum bo‘ldi  

Qirg‘izistonning yangi bosh vaziri ma’lum bo‘ldi  

Qirg‘iziston parlamenti - Jogorku Keneshning ko‘pchilik koalisiyasi 16 iyunda Kubatbek Boronovning bosh vazir lavozimiga nomzodini bir ovozdan ma’qulladi.

Deputatlar, shuningdek, hukumatning yangi tarkibini va dasturini ma’qullashgan

Boronov bungacha bosh vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimini egallab kelgan. U o‘ziga bildirilgan ishonch va mas’uliyatli lavozimga nomzodi qo‘llab-quvvatlangani uchun minnatdorlik bildirgan. U parlament tomonidan ma’qullangan hukumat “texnik” hisoblanishini va keyingi VII chaqiriqdagi Jogorku Kenesh shakllantirilgungacha ishlashini aytgan.

Ta’kidlanishicha, Boronovning nomzodi bo‘yicha barcha deputatlar 17 iyunda ovoz beradi. 

Boronov hukumat tarkibini tubdan o‘zgartirishni rejalashtirmayotganini, biroq vazirlar mahkamasi apparatiga hamda aloqa va axborot texnologiyalari davlat qo‘mitasiga yangi rahbarlar tayinlashini ma’lum qilgan. U, shuningdek, bosh vazir birinchi o‘rinbosari lavozimiga “Qirg‘iziston” parlament fraksiyasining sobiq yetakchisi Almazbek Baatirbekov nomzodini taklif qilgan.    

Qirg‘iziston hukumatiga 2018 yil aprelidan boshchilik qilib kelgan Muhammadkaliy Abilgaziyev aloqa davlat agentligidagi korrupsiyaga ehtimoliy aloqadorligi bo‘yicha mojaro ortida 15 iyunda o‘z xohishiga ko‘ra iste’fo berdi. Shu sababli u tomonidan boshqarilgan hukumat ham iste’foga ketgan, deb hisoblangan. 

Kiritildi: 08:07 17.06.2020. O'qildi: 2720 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!