Qirg‘izistonning Pervomay tuman sudi sobiq prezident Almazbek Atamboyevni jinoiy guruh rahbari Aziz Batukayevning hibsdan noqonuniy ravishda ozod qilingani bo‘yicha aybdor deb topdi.
Biroq, da’vo muddati o‘tgani uchun unga hukm chiqarilmadi. Bu haqda sobiq davlat rahbarining advokati Sergey Slesarev ma’lum qildi, deb xabar beradi TASS.
“Batukayev ishi bo‘yicha hukm chiqarildi. Atambayev aybdor deb topildi, biroq da’vo muddati o‘tgani uchun jazo tayinlanmadi”, – dedi u.