Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Qirg‘izistonning madhiyasi so‘zlari va musiqasi o‘zgartiriladi

Qirg‘izistonning madhiyasi so‘zlari va musiqasi o‘zgartiriladi

Qirg‘iziston nafaqat madhiya so‘zlarini, balki musiqasini ham o‘zgartirmoqchi. Shu munosabat bilan respublika tanlovi e’lon qilinadi.

Bu haqda madhiyani o‘zgartirish bo‘yicha komissiyaning birinchi yig‘ilishida madaniyat vaziri o‘rinbosari Timurlan Ajimaliyev ma’lum qildi.

"Maqsad - xalqning tarixiy merosi, madaniyati va birligini aks ettiruvchi asar yaratish. Unga bastakorlar, shoirlar, sozandalar, ijodiy jamoalar taklif etilgan", - deydi u.

Eslatib o‘tamiz, parlament spikeri Nurlanbek Shakiyev madhiyani o‘zgartirishni taklif qilgan edi. Buni amaldagi madhiya respublika mustaqillikka endigina erishgan paytda yozilgani bilan izohladi. Shakiyev yangi madhiya 2025 yilning apreligacha qabul qilinishi kerakligini aytdi. Idoralararo komissiya tuzildi, u madhiyaning uchta variantini tayyorlab, Jogorku Keneshga taqdim etishi kerak.

Kiritildi: 16:27 07.02.2025. O'qildi: 1016 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!