Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Qirg‘izistonlik ayol O‘zbekistonga 32 mingta qo‘rg‘oshin o‘q olib kirishga urindi

A A A
Qirg‘izistonlik ayol O‘zbekistonga 32 mingta qo‘rg‘oshin o‘q olib kirishga urindi

Andijon viloyatida qirg‘izistonlik ayol O‘zbekistonga bolalar aravachasida pnevmatik qurol uchun 32 mingta qo‘rg‘oshin o‘q olib o‘tishga urindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar bermoqda.

Ayol “Do‘stlik” chegara posti orqali O‘zbekistonga pnevmatika uchun snaryadlarni olib kirmoqchi bo‘ldi. U yukni bola o‘tirgan aravachaga bekitgan. Qirg‘iziston bilan chegarada tekshiruv chog‘ida bola o‘rindig‘i ostida qo‘shimcha joy borligi aniqlandi.

U yerdan pnevmatik qurol uchun 4,5 millimetrli 32 mingta qo‘rg‘oshin o‘q topildi. Ushbu holat bo‘yicha tergov olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:00 24.04.2024. O'qildi: 1454 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!