Bugun 11 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Qirg‘izistonlik ayol oltita oltin quymasini poyabzaliga yashirib, Xitoyga olib o‘tmoqchi bo‘ldi

Qirg‘izistonlik ayol oltita oltin quymasini poyabzaliga yashirib, Xitoyga olib o‘tmoqchi bo‘ldi

Qozog‘iston orqali Xitoyga oltinni yashirincha olib o‘tmoqchi bo‘lgan Qirg‘iziston fuqarosidan oltita oltin quymasi musodara qilindi. Bu haqda Qozog‘iston Bosh transport prokuraturasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ayol «Qorday Avto» nazorat-o‘tkazish punkti va «Xorgos» xalqaro chegaraoldi hamkorlik markazi orqali oltinni olib o‘tishga uringan. Tozaligi 99 foizdan yuqori bo‘lgan quymalardan uchtasi uning poyabzali tagiga yashirilgan.

Sud qaroriga ko‘ra, umumiy og‘irligi 2,8 kilogramm bo‘lgan, qiymati 182,3 million tengega (taxminan 401,6 ming dollar) baholangan oltin quymalari davlat foydasiga musodara qilingan.

Sud qarori qonuniy kuchga kirgan. Hozirda sudga qadar tergov davom etmoqda.

Kiritildi: 18:26 10.10.2026. O'qildi: 1083 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!