Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida sulfat kislotasi savdosi bilan shug‘ullangan transmilliy jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi.
Bu haqda IIV xabar berdi.
Uch kishi - O‘sh viloyatida yashovchi va ikki nafar xorijlik qo‘lga olindi. Ulardan biri jinoiy sxemaning boshqa ishtirokchilari haqida gapirdi. Natijada O‘sh viloyatida yashovchi yana to‘rt nafar fuqaro so‘roqqa olib kelindi.
Barcha gumonlanuvchilar tergov izolyatoriga joylashtirilgan, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi o‘rganilmoqda.