Qirg‘izistonda deputatlar Turkiya aholisiga yordam berish uchun maoshlaridan voz kechishdi. Bu haqda "Sputnik Kirgizstan" xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, deputatlar ikki kunlik maoshini zilziladan jabrlanganlarga yordam berish uchun ochilgan maxsus hisob raqamiga o‘tkazishgan. Shuningdek, mamlakat prezidenti administrasiyasi vakillari, vazirlar va boshqa amaldorlar bir kunlik maoshini o‘tkazgan.