Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qirg‘izistonda sug‘urta polisi bo‘lmagan fuqarolar elektrdan uzib qo‘yilishi mumkin

A A A
Qirg‘izistonda sug‘urta polisi bo‘lmagan fuqarolar elektrdan uzib qo‘yilishi mumkin

Qirg‘izistonda fuqarolarni elektr energiyasi bilan ta’minlash qoidalari o‘zgartirilishi mumkin. Bu haqda Qirg‘iziston iqtisodiyot va savdo vazirligi xabar berdi.

Ushbu mamlakatda Vazirlar Mahkamasining tegishli qonun loyihasi ma’qullansa, tabiiy ofatlardan majburiy sug‘urta polisi bo‘lmagan fuqarolar elektr ta’minotidan uzib qo‘yilishi mumkin.

Qonun loyihasi ma’qullansa, yangi mulkdor yoki ijarachi sug‘urta kompaniyasi bilan shartnoma tuzishi, o‘z nomiga shaxsiy hisob raqam ochishi va uy-joyga kirishdan avval polisni taqdim etishi kerak.

Agar hujjatlar belgilangan sanada rasmiylashtirilmasa, kompaniya uni rasmiylashtirish kerakligi haqida uyning yangi egasini yozma ravishda xabardor qiladi va elektr energiyasi uzib qo‘yilishi ehtimoli haqida ogohlantiradi.

Loyiha mualliflarining ta’kidlashicha, shunday yo‘l bilan fuqarolar favqulodda vaziyatlarda yetkazilgan zararni o‘z vaqtida qoplash va moliyaviy barqarorlikni saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Kiritildi: 22:16 12.03.2023. O'qildi: 1958 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!