Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Qirg‘izistonda qanday ismlar mashhur ekani ma’lum bo‘ldi

Qirg‘izistonda qanday ismlar mashhur ekani ma’lum bo‘ldi

Soliha va Muhammad ismlari Qirg‘izistonda birinchi yarim yillikda tug‘ilgan chaqaloqlarga qo‘yilgan eng mashhur ismlarga aylandi. Bu haqda AKI Press nashri xabar berdi.

Qirg‘iziston Raqamli rivojlanish vazirligi ushbu ma’lumotni tasdiqlagan. Statistika faqat 2024 yilning dastlabki 6 oyida tug‘ilgan chaqaloqlarga taalluqli ekani xabar qilingan.

Statistikaga ko‘ra, o‘g‘il bolalar orasida eng mashhur 10 ta ismlar qatoriga Muhammad, Umar, Ali, Ramazon, Amir, Bilol, Usmon, Alixon, Nurislom va Muhammed ismlari kirgan. Birinchi yarim yillikda tug‘ilgan 3667 nafar bolaga Muhammad ismi qo‘yilgan.

Qizlar orasida eng mashhur 10 ismlar ro‘yxatiga esa Soliha, Fotima, Aylin, Safiya, Amina, Aliya, Rayana, Oysha, Hadicha va Aruzat ismlari kirgan. Eng ko‘p qo‘yilgan ism Soliha bo‘lib, birinchi yarim yillikda tug‘ilgan 2043 nafar qizga ushbu ism berilgan.

Kiritildi: 18:54 10.07.2024. O'qildi: 1538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!