Bishkekdan saylangan Xalq qurultoyi delegati bunday chorani faqat ayb 100% isbotlangan holatlardagina qo‘llash mumkinligini aytdi.
Shuningdek, u Konstitusiyaviy sud ushbu masalani yana bir bor ko‘rib chiqishiga umid bildirdi.
Avvalroq 17 yoshli qizning shafqatsizlarcha o‘ldirilishi ortidan Japarov bolalarga nisbatan zo‘ravonlik va zo‘rlash bilan bog‘liq qotilliklar uchun o‘lim jazosini joriy etishni taklif qilgan edi. Ammo bu tashabbus Konstitusiyaviy sud tomonidan qo‘llab-quvvatlanmagan.
Sud xulosasiga ko‘ra, o‘lim jazosini qayta joriy etish Konstitusiyaga zid bo‘lib, bunday o‘zgarishni hatto referendum orqali ham qabul qilib bo‘lmaydi.