Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qirg‘izistonda paranji kiyib, soqol qo‘yganlar jarimaga tortiladi

A A A
Qirg‘izistonda paranji kiyib, soqol qo‘yganlar jarimaga tortiladi

Qirg‘izistonda jamoat joylarida yuzini yopib turuvchi kiyim kiygan va katta soqol o‘stirgan fuqarolarni jarimaga tortish taklif qilindi. Tegishli qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga chiqarildi, deb xabar beradi Kazinform agentligi.

Hujjatga ko‘ra, tibbiy sabablarga ko‘ra bunday kiyim kiyishga ruxsat berilgan. Bundan tashqari, ushbu talab vaqtinchalik ish yoki faoliyat bilan shug‘ullanadigan va diplomatik maqomga ega bo‘lgan chet el fuqarolariga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Fuqarolarning shaxsini aniqlashga imkon bermaydigan va yuzni butunlay yashiradigan kiyim kiyganligi uchun jismoniy shaxslar yigirma hisob ko‘rsatkichi (2000 so‘m) miqdorida jarimaga tortiladi yoki 30 soatgacha jamoat ishlariga tortiladi.

Agar qoidabuzarlik yana takrorlansa, 40 hisob ko‘rsatkichi (4000 so‘m) miqdorida jarima yoki 40 soatgacha jamoat ishlari jazosi qo‘llaniladi.

Jamoat joylarida fuqaroning shaxsini aniqlashga imkon bermaydigan soqol qo‘yganlik uchun 20 hisob ko‘rsatkichi (2000 so‘m) miqdorida jarima yoki 30 soatgacha jamoat ishlari jazosi qo‘llaniladi. Agar takrorlansa, jismoniy shaxslar eng kam oylik ish haqining 40 baravari miqdorida (4000 so‘m) jarimaga tortiladi yoki 40 soatgacha jamoat ishlarini bajarishga majburlanadi.

Yuzni berkituvchi paranji kiyishni taqiqlash qonunchilik darajasida joriy etilishi tashabbuskori Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Keneshi deputati Sharapatkan Majitova edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi paytlarda mamlakatda yuzini to‘liq yopishgan ayollar soni ortib bormoqda.

Kiritildi: 22:11 14.11.2023. O'qildi: 3258 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!