Bugun 17 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Qirg‘izistonda navbatdagi prezidentlik saylovi qachon o‘tkaziladi?

 Qirg‘izistonda navbatdagi prezidentlik saylovi qachon o‘tkaziladi?

Qirg‘izistonda navbatdagi prezidentlik saylovi 2027 yilda o‘tkazilishi e’lon qilindi.

Qirg‘iziston Konstitusiyaviy sudi navbatdagi prezidentlik saylovi yanvar oyining to‘rtinchi yakshanbasida o‘tkazilishini ma’lum qildi. Bu 2027 yil 24 yanvarga to‘g‘ri keladi. Jokorku Kenesh (parlament) esa saylovni ushbu sanadan 4 oy oldin, ya’ni 2026 yil 24 sentyabrgacha belgilaydi.

"2021 yil yanvarida saylangan prezidentning vakolat muddati 2010 yilgi Konstitusiya bo‘yicha 6 yillik muddatda yakunlanishi kerak. 2021 yilgi Konstitusiya bilan belgilangan 5 yillik muddat amaldagi prezidentga taalluqli emas.

2021 yilda 6 yillik muddatga saylangan prezident yangi Konstitusiya shartlari bo‘yicha vakolatini davom ettiradi, bu muddat esa “ikki muddatdan oshmaslik” qoidasida birinchisi hisoblanadi. Shu bilan birga, bu muddat qayta hisoblanmaydi va qisqartirilmaydi. U faqat yangi qoidaning qo‘llanilishida ahamiyatga ega va amaldagi vakolatning tugash sanasiga ta’sir qilmaydi", deyiladi Qirg‘iziston Konstitusiyaviy sudi bayonotida.

Avvalroq Qirg‘izistonda yangi prezidentlik saylovlarini o‘tkazish bo‘yicha murojaat bilan chiqqan bir guruh fuqarolar ikki oyga hibsga olingani xabar berilgan edi.

Kiritildi: Bugun 18:20. O'qildi: 532 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!