Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qirg‘izistonda maktab imtihonlari bekor qilindi

Qirg‘izistonda maktab imtihonlari bekor qilindi

Qirg‘izistonda maktablarda davlat imtihonlari o‘tkazilmaydi, baholar chorak ballari asosida qo‘yiladi. Bu haqda Ta’lim va fan vazirligi Maktab ta’limi boshqarmasi 24.kg axborot agentligiga ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, bu qaror koronavirus epidemiyasi bilan bog‘liq vaziyatda qabul qilingan. «O‘tgan yili bolalar kasal bo‘lmagan, bu yil nafaqat o‘qituvchilar, balki o‘quvchilar ham kasal bo‘lishmoqda.

Imtihonlar 2 iyunda boshlanadi, o‘sha paytgacha vaziyat qanday bo‘lishini bilmaymiz. Biz ularning sog‘lig‘i haqida qayg‘uramiz», — deyiladi xabarda.

Boshqarmaning ta’kidlashicha, bahsli fikrlar bo‘lsa, ballar oshirilib, maktab o‘quvchilari foydasiga qo‘yiladi. O‘tgan yili koronavirus virusining tarqalishi sababli yakuniy davlat attestasiyasi ham bekor qilingan edi.

Kiritildi: 07:20 21.04.2021. O'qildi: 2243 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!