Sadir Japarov dafn qilish to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartish kiritdi.
Endi Qirg‘izistonda inson jasadlari, shuningdek, abort qilingan yoki o‘lik tug‘ilgan homilalarni kremasiya qilish taqiqlanadi.
Bundan tashqari, shaxsi aniqlanmagan yoki qarindoshlari tomonidan olib ketilmagan jasadlar faqat yerga dafn etiladi.
Krematoriylar esa faqat tibbiy muolajalardan keyin qoladigan biologik chiqindilarni sanitariya talablariga muvofiq yo‘q qilish uchun ishlatiladi.