Bugun 9 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Qirg‘iziston yog‘och eksportini vaqtincha taqiqladi

A A A
Qirg‘iziston yog‘och eksportini vaqtincha taqiqladi

Qirg‘iziston yog‘och va yog‘och mahsulotlarini Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bojxona hududidan tashqariga olib chiqishni vaqtincha taqiqladi, deya xabar beradi Kazinform.

Hukumat qaroriga muvofiq, YEOII TIF TN 4401, 4403 va 4407 kodlari bo‘yicha tasniflangan yog‘och va yog‘och materiallari eksportiga olti oy muddatga vaqtinchalik cheklov joriy etiladi.

Qirg‘iziston Iqtisodiyot va savdo vazirligiga Jahon savdo tashkiloti kotibiyati va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasini ushbu cheklov haqida tegishli tartibda xabardor qilish topshirildi.

Bundan tashqari, Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi uch kun ichida MDH Ijroiya qo‘mitasini ushbu qarorning kuchga kirishi haqida xabardor qilishi shart.

Moliya vazirligi huzuridagi Davlat bojxona xizmati va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining Chegara xizmatiga tovarlarning noqonuniy olib chiqib ketilishining oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish topshirildi.

Kiritildi: 21:40 29.05.2025. O'qildi: 610 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!